2019-yil 28-iyun kuni soat 08:30 larda Guliston shahar IIBga tushgan xabarga ko‘ra, Guliston shahar 3-mavze, “Obod yurt” mahallasi 35-uy, 3-xonadonda yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan Asilbek Sharobiddinovning tanasini bo‘yin, qo‘l, old va orqa qismlarida ko‘plab, sanchib-kesilgan jarohatlari bilan murdasi topilgan edi. Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati mazkur holat rasmiy ma’lumot berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Dastlabki tergov oldi tekshirish harakatlari davomida, guvohlarning ko‘rsatmalari va uy ichidagi tartibsizlikdan kelib chiqib, ushbu jinoyatni ikki nafar noma’lum shaxs bosqinchilik maqsadida sodir qilinganligi taxmin etilib, ularga nisbatan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Aniqlanishicha, A.Sharobiddinovni yaqin qarindoshi, voyaga yetmagan R.G. o‘zaro kelib chiqqan janjal negizida oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazib, o‘ldirgan. A.Sharobiddinovni telefoni va jinoyat sodir qilish vaqtida ishlatilgan oshxona pichog‘ini jinoyat sodir etilgan uy yaqinidagi “Do‘stlik” kanaliga tashlab yuborganligi aniqlangan.
Hozirgi vaqtida jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyolar olingan va voyaga yetmagan R.G.ga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan.