Hojatxona ichiga yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini tashlab ketgan ona qidiruvlar natijasida topilgani xabar berilmoqda.

Foto: Telegram / @vachach
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Eslatib o‘tamiz, Yangi tug‘ilgan chaqaloq 2-iyul kuni Denov tumanidagi “Lolazor” buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.
Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bola ancha vaqt nazoratsiz qolib ketgani uchun og‘ir ahvolda bo‘lgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan uning hayoti saqlab qolingan.