Yana bir o‘zbekistonlik qiz — ayni paytda Chexiyada istiqomat qiluvchi Tamila Xo‘jayeva Miss International xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”. Uning final bosqichi 12-noyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Nuz.uz”

U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil olgan. So‘ng Praga moliya va boshqaruv universitetida o‘qishini davom ettirgan.

Foto: “Nuz.uz”

Tasodifan professional fotosuratchilar e’tiboriga tushgach, modellik dunyosiga kirib kelgan.

Foto: “Nuz.uz”

Shu yilning fevralida Tamila Miss Global International go‘zallik tanlovida qatnashib, 2-o‘rinni egalladi.

Foto: “Nuz.uz”

Shundan keyin u Markaziy Osiyo bo‘yicha xalqaro tanlovlar franshizasi egasi USN International Management assotsiatsiyasi milliy direktori e’tiboriga tushdi, unga Miss International xalqaro tanlovida qatnashish taklifini berishdi.

Foto: “Nuz.uz”

O‘zbekistonda xalqaro go‘zallik tanlovlarining oraliq bosqichi, milliy tanlov o‘tkazilmasligi bois, nomzod bo‘yicha qaror qabul qilish huquqi Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha milliy direktorga tegishli bo‘ladi.

Foto: “Nuz.uz”

Avvalroq 20 yoshli Nigina Faxriddinova Miss Intercontinental Uzbekistan 2019 unvoni sohibiga aylangani va birinchi marta tanlov finalida mamlakat nomidan ishtirok etishi xabar berilgan edi.

Foto: “Nuz.uz”

O‘zbekiston va jahon yangiliklari — Telegram’ingizda!

От qwert.uz