Samarqandda ikki do‘st garajda Italiyaning Lamborghini premium-klass avtomobil rusumi mashinalari prototiplarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Repost. Mashinani qo‘lda yig‘ish g‘oyasi ularga YouTube’dagi tyuning-roliklarni ko‘rgandan keyin kelgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Repost

Mexanikning aytishicha, ular mashinani yig‘ishni 2 hafta avval boshlagan, ammo qiziqayotgan mijozlardan allaqachon tinim bo‘lmayapti. Ayni paytda sportkarning korpusi yig‘ib bo‘lingan.

“Biz YouTube’da kanal ochib, u orqali loyihamizni faol reklama qilmoqchimiz. Bitta mashina taxminan 40 kundan keyin tayyor bo‘ladi… O‘zim Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tugatganman… Biz e’lon berganimizdan buyon qo‘ng‘iroqlar tinmayapti… Korpusni 7 millimetrlik listdan tayyorlayapmiz, uni o‘zimiz erityapmiz. Dvigatellarni mahalliy avtomobillardan olamiz. Bitta mashina uchun xarajatlar taxminan 15 ming dollarga tushadi… 25 ming dollarga sotishni rejalashtirganmiz, ammo ko‘pchilik buni qimmat deyapti… 5 million so‘m miqdorida garov puli kerak bo‘ladi. Tayyor mashinani egasiga topshirishdan avval, biz uni sinovdan o‘tkazamiz va barcha afzalliklarini namoyish qilamiz”, — dedi 25 yoshli avtomexanik.

Foto: Repost

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ayni paytda avtomobilni sertifikatlashtirish va boshqa zarur hujjatlarni olish muammoli masala bo‘lib turibdi.

От qwert.uz