Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, 2019-yilda eng ko‘p haq to‘langan top-100 ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Euronews

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli qo‘shiqchi 2019-yil davomida 185 million dollar ishlab topgan. Uning 226,1 million dollar yiqqan Reputation albomi rasman AQSh tarixidagi eng kassabop tur hisoblanadi  deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Eng ko‘p haq to‘langan yulduzlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini amerikalik top-model va Kylie Cosmetics kosmetika kompaniyasining egasi Kayli Jenner egalladi. Jurnal uning yil davomida ishlab topgan mablag‘ini 170 dollar deya baholadi. Uchinchi o‘rinni amerikalik reper Kanye Uest 150 million dollar bilan band etdi.

Shuningdek, kuchli beshlikdan Lionel Messi (127 million dollar) hamda britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran (110 million dollar) joy olgan.

От qwert.uz