Sifatli va dolzarb axborot – kasbiy ko‘nikmalarni uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy manbasidir. O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi har qanday maqsadlar va har qanday tinglovchilar uchun keng ko‘lamdagi bepul elektron resurslarni taqdim etadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Misol uchun, The English Channel (https://www.britishcouncil.uz/english/the-english-channel) — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha bepul video, musiqa va interaktiv mashqlar kutubxonasi. Ular yordamida siz nafaqat ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni yaxshilab olasiz, balki Britaniyaning an’analari, madaniyati va hozirgi turmushi bilan ham tanishasiz.

Maxsus bo‘lim Build Career Skills (https://theenglishchannel.britishcouncil.org/build-career-skills/intro/have-budget-support-you-and-your-business) – talabalar, yosh kasb ustalari va tadbirkorlar uchun zo‘r qo‘llanma bo‘lib, xizmatda muvaffaqiyatlarga erishish va biznesni rivojlantirishga xizmat qiladigan asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha turli xil kontentni taklif qiladi.

Kimki ingliz tilida so‘zlashishni mashq qilmoqchi, shuningdek turli sohalarda haqiqiy bilimlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsa, buning uchun saytda taqdim etiladigan bepul ommaviy onlayn-kurslar (https://www.britishcouncil.uz/english/mooc) yaxshi poydevor bo‘ladi. Ular yordamida siz dunyoqarashingizni ancha kengaytirib olasiz va yayangi bilimlar orttirasiz: maroqli darsni qanday rejalashtirishni, qanday qilib haqiqiy yetakchi, mehnat bozorida muvaffaqiyatli bo‘lishni va ko‘plab boshqalarni bilim olasiz.

Britaniya kengashi, maqsadli auditoriyaning qandayligiga qarab, ingliz tiliga o‘rgatishning turli metodikalarini taklif qiladi. Farzandingizni ingliz tili bo‘yicha munosib tayyorlash kerakmi?

Learn English Kids (https://www.britishcouncil.uz/english/online/websites,  http://learnenglishkids.britishcouncil.org/?_ga=2.105699652.633317905.1562591664-396024271.1557897190) sayti va bo‘limi sizning xizmatingizda, u 5 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan.

Bu yerda quvnoq mashqlar va qiziqarli videomateriallar ko‘p bo‘lib, ular o‘qitishni maroqli bilim olish jarayoniga aylantiradi. Oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanyapsizmi? U holda Learn English Teen (https://www.britishcouncil.uz/english/online/websiteshttp://learnenglishteens.britishcouncil.org/?_ga=2.149109105.633317905.1562591664-396024271.1557897190) bo‘limi va saytiga murojaat qiling, u yerdagi ko‘plab foydali mashqlar bitiruvchilarga so‘z lug‘atini boyitish va grammatikani yanada mustahkamlab olishga yordam beradi.

Sizning ishingiz muzokaralar va ish yuzasidan safarlar bilan bog‘liqmi? Tegishli bo‘limda siz suhbatlashishda o‘zini qanday tutish kerakligi, mass-media matnlarni tushunish, ish yuzasidan yozishmalarni olib borish va ko‘plab boshqalar haqida foydali axborotni qo‘lga kiritasiz. Bundan tashqari, hattoki maxsus bo‘lim Premier Skills English (https://www.britishcouncil.uz/english/online/websiteshttps://premierskillsenglish.britishcouncil.org/?_ga=2.149109105.633317905.1562591664-396024271.1557897190) ham bor bo‘lib, uning yordamida siz Britaniya futboli haqida tushunchalaringizni chuqurlatirasiz va keyinchalik o‘yinlarni inglizcha sharhlar yordamida zavq bilan ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Barcha ingliz tilini o‘rganuvchilarga yoqimli bonus – saytda bepul yuklab olishingiz mumkin bo‘lgan mobil ilovalar.

Britaniya Kengashi ingliz tili bo‘yicha ta’lim va tilga o‘qitish sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda. “Ingliz tiliga o‘qitish” bo‘limidagi portalda (https://www.britishcouncil.uz/teach) bepul elektron resurslarning keng to‘plami berilgan: interaktiv treninglar va vebinarlar, bepul matnli va audiomateriallar, o‘quv-metodik ishlanmalar. Ushbu imkoniyatlarning hammasi ingliz tili o‘qituvchilari uchun munosib poydevor bo‘lib, o‘quv jarayonini tushunarli, asosiysi esa, maroqli va qiziqarli qilishga yordam beradi.

Britaniya oliy o‘quv yurtiga kirmoqchimisiz yoki malakangizni oshirmoqchimisiz? Buyuk Britaniyada ta’lim olish istagida bo‘lganlar uchun maxsus bo‘lim (https://www.britishcouncil.uz/study-uk) bor, u yerda chet ellik talabalar uchun ommaviy ta’lim dasturlari va stipendiyalar haqida tarafsil ma’lumotlar berilgan. Shu yerning o‘zida O‘zbekistondagi Brianiya Kengashi sha’feligida o‘tkaziladigan kasbiy va akademik imtihonlar haqida tegishli axborot bilan tanishish (https://www.britishcouncil.uz/exam/university-professional), O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi sha’feligida o‘tkaziladigan Britaniya oliygohlarining bepul onlayn kurslaridan o‘tish (https://www.britishcouncil.uz/study-uk/free-courses) va sertifikat olish mumkin.

Britaniya kengashiga tez-tez beriladigan savollarning bittasi — IELTS testlariga tayyorlanish va topshirish haqidagi savollar.

Britaniya kengashi IELTS testlarini topshirishga bo‘lgan huquqlarning fahriy hammulkdori hamda O‘zbekistonning rasmiy vakili hisoblanadi hamda butun dunyodagi eng ommaviy tilda imtihonlarni olib boradi. Portalda IELTS bo‘yicha batafsil axborot va aniq tavsiyalar, shuningdek har xil bepul tayyorlov materiallari bor (https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts).

IELTS ni topshirib omadingizni sinab ko‘rmoqchimisiz, ammo boshqa shaharda yashaysizmi? Muammo yo‘q. Bugungi kunda Britaniya Kengashi O‘zbekistonning sakkizta yirik shaharlarida joylashgan o‘quv til markazlari bilan hamkorlik qiladi. Shu markazlarga murojaat qilib siz nafaqat testlar haqida professional maslahatlarni olasiz, balki IELTS testlarini ham topshirasiz.

Portalga kirib, sizning shaharda test o‘tkaziladigan sana va joyni, imtihon uchun to‘lov miqdorini bilib oling (https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/test-dates-fees-location). Nomzodlarga ko‘proq qulaylik berish uchun saytda onlayn ro‘yxatdan o‘tish va IELTS testlarini topshirish yakunlari bo‘yicha ballaringizni bilib olish imkoniyatlari bor (https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/book-test).

IELTS testlariga tayyorlanishda portaldan olish mumkin bo‘lgan turli-tuman bepul resurslar – videomateriallar va onlayn darslar, maxsus darsliklar, shuningdek seminarlar va konferentsiyalarga havolalar kata va beqiyos yordam ko‘rsatishi mumkin. Tegishli bo‘limga kiring va Britaniya kengashi bilan IELTS testlarini topshirishning barcha afzalliklari haqida batafsil axborot oling(https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/prepare).

Testlarga malakali va kompleks tayyorlanishni istaganlar, ammo o‘quv mashg‘ulotlariga qatnash imkoni bo‘lmaganlar uchun portalda maxsus bepul onlayn-kurs Understanding IELTS (https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/prepare/free-online-course-understanding-ielts) ochilgan. Olti haftalik kurs davomida siz IELTS ning har bir bosqichidan o‘tasiz, shuningedk mutaxassislardan va boshqa o‘quvchilardan foydali maslahatlarni olasiz. Orttirilgan bilimlar va ko‘nikmalar nafaqat o‘zingizni imtihon paytida dadilroq his qilishga yordam beradi, balki keyinchalik boshqa nomzodlar bilan qimmatli tajriba almashishga ham ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, testga tayyorlanayotgan har bir talabgor 10 soatlik Road to IELTS tayyorlov kursini qo‘lga kiritishi mumkin, agarda Britaniya Kengashi bilan test uchun ro‘yxatdan o‘tsangiz, ushbu kursning yana qo‘shimcha 20 soatiga ega bo‘lasiz (https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/prepare/road).

IELTS testlarini topshirish istagida bo‘lganlar uchun ancha qulay va foydali qo‘shimcha – bepul mobil ilovalar, ular yordamida siz istalgan joyingizda va o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda imtihonlarga mustaqil tayyorlana olasiz (https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/prepare/apps). IELTS bo‘yicha tayyorlov materiallarini elektron pochta orqali olish sizga ma’qulroq bo‘lsa, u holda bizning jo‘natmalarimizga obuna bo‘ling va testlar haqida foydali axborot olib turing, IELTS haqida so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘ling (https://confirmsubscription.com/h/y/C0688D764B16B1B7?utm_source=UZ_solas&utm_medium=banner&utm_campaign=UZ_LN_19).

Britaniya kengashi veb-portaliga kiring va sizga mutlaqo bepul berilayotgan betakror imkoniyatlardan foydalaning!

Bu yerda siz nafaqat ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni yaxshilaysiz. Siz bu yerda hayotga haqiqiy yo‘llanma olasiz va maqsadlaringizga erishish uchun birinchi qadamlarni tashlaysiz!

От qwert.uz