Olmaotada o‘zbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

Byqwert.uz

11 июля, 2019

Qozog‘istonning Olmaota shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ishlab kelayotgan fohishaxona aniqlandi. Bu haqda Olmaota shahar politsiya departamenti ma’lumotlariga tayanib Sputnik xabar qilmoqda.

Foto: Sputnik (Pixabay)

Ma’lumotlarga ko‘ra, fohishaxona Olmaotaning Alatau tumanida ko‘zdan nariroq joyda joylashgan mehmonxonada aniqlangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“Kechqurun soat 11 lar atrofida “ish joyida” 19 nafar yengiltak qiz bo‘lgan, ulardan ikkitasi O‘zbekiston, yana ikkitasi esa Qirg‘iziston fuqarolaridir”, — deyiladi qozoq politsiyasi xabarida.

Fohishaxonaga mehmonxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan 47 yoshli ayol egalik qilgan. Ayol qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.