Google korporatsiyasining xodimlari foydalanuvchilar tomonidan Google Home smart-dinamikasi yoki Google Assistant dasturiga berilgan ovozli buyruqlarni muntazam eshitib turadi. Bu haqda Google kompaniyasning mahsulotlar bo‘yicha menedjeri Devis Monsisga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Foto: AP
Uning so‘zlariga ko‘ra, Google nutqni tanish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladigan dunyoning ko‘plab tilshunos-ekspertlar bilan ish olib boradi. — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .“Ushbu ekspertlar ayrim so‘rovlarni tahlil qilish orqali bizga tillarni yaxshirov tushunishimizga yordam beradi”, — deydi Monsis.
Devis Monsisning ta’kidlashicha, xodimlar aynan kimning gap-so‘zlarini tinglayotganliklarini bilmaydi va foydalanuvchilarning biror-bir shaxsiy ma’lumotiga kira olmaydi.
Associated Press agentligining qayd etishicha, Google o‘zining mobil dasturi yoki smart-dinamikalari foydalanuvchilari tomonidan berilgan minglab ovozli buyruqlar Belgiyaning VRT telekanali orqali tarqab ketgach, shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, tarqab ketgan ovozlar orasida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari hamda orqa fondagi suhbatlar ham bo‘lgan.