“Million” jamoasi 2019-yilning 16-iyuliga qadar 187 million so‘m davlat bojini to‘lamasa, litsenziyasi bekor qilinishi haqida “O‘zbekkonsert” DM o‘zining rasmiy saytida e’lon qilgan edi.

Foto: “Daryo”

“Million” jamoasi a’zosi Davron Kabulov o‘zining Instagram’dagi sahifasida “O‘zbekkonsert”ning ogohlantirishi va viloyatlar bo‘ylab “Million” jamoasining “gastrol konsertlari bekor qilinishi”, haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

‘Million’ jamoasining Namangan, Jizzax, Andijon, Farg‘ona, Buxoro va Shahrisabz shaharlariga mo‘ljallangan gastrol safarlari bekor qilinishi haqidagi xavotirlar asossiz.

‘O‘zbekkonsert’ DM tomonidan 2,5 barobar oshirib qo‘yilgan bojlarni to‘lash bugundan boshlandi.

‘Million’ jamoasi litsenziya yig‘imi va uni ko‘rib chiqish uchun olinadigan bojlar, har  bir seans uchun to‘lanadigan bir martalik konsert-gastrol ruxsatnomasi yig‘imi va umuman, daromad solig‘i, pensiya, maktab, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash fondlari yig‘imlari, QQS va boshqa majburiy to‘lovlarni tartibli soliq to‘lovchi sifatida kechiktirmagan va to‘lashni davom ettiradi.

Davron Kabulov, “Million” jamoasi a’zosi

От qwert.uz