Ayrim hollarda er-xotinlarning tashqi ko‘rinishi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishi haqida yillar davomida shakllanib kelgan stereotiplar hayotda eng muhim bo‘lgan narsa — oilaviy baxtga erishishga to‘sqinlik qiladi. AdMe o‘z hayoti bilan namuna bo‘lib, muhabbatda muayyan qoliplar yo‘qligini isbotlagan mashhurlarning suratlarini jamlab, taqdim etdi. — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Tashqi ko‘rinish muhabbatga ta’sir ko‘rsatmaydi

Foto: AdMe

Pirs Brosnan va Kili Shay Smit 20 yildan beri birga. Ko‘p yillar davomida Kilining vazni o‘zgarib bordi, biroq mashhur “agent 007” har qanday sharoitda ham turmush o‘rtog‘ini sevadi va qadrlaydi

Foto: AdMe

Hyu Jekman va Deborra-Li Ferness 1996-yilda oila qurishgan. Aktyorning  muxlislari tomonidan ayol ko‘pincha eriga tashqi ko‘rinishi mos emas, deb tanqid qilinadi. Ammo uni muxlislarning fikri tashvishga solmaydi

Foto: AdMe

Sofi Terner va Jo Jonas shu yilning may oyida turmush qurishgan. Mashhur aktrisaning bo‘yi 175 sm, turmush o‘rtog‘ining bo‘yi esa 172 santimetrni tashkil etadi. Ammo Sofi baland poshnalaridan voz kechmaydi,chunki uning sevgilisi uchun bo‘yning ahamiyati yo‘q

Foto: AdMe

Nikolya Sarkozi va Karla Bruni 2008-yilda nikoh qurishgan. Birinchi xonimning bo‘yi turmush o‘rtog‘idan 10 sm baland bo‘lgani uchun model baland poshnalaridan voz kechgan 

Yoshining ahamiyati bo‘lmagan juftliklar

Foto: AdMe

Bryus Uillis va Emma Xeming 10 yildan beri birga yashashadi. Ularning ikki nafar qizlari bor. Ular orasida 23 yosh farq bo‘lsa-da, bu farq ularni bezovta qilmaydi

Foto: AdMe

Harrison Ford va Kalista Flokhart 10 yildan buyon birga.  Juftlikning orasida 22 yosh farq ularning baxtli turmushiga xalal bermaydi

Kamtarlikni afzal bilgan juftliklar

Foto: AdMe

Bill va Melinda Geyts 30 yildan oshiq vaqt mobaynida birga yashashadi. Oilasi juda oddiy hayot kechiradi, chunki Melinda ko‘proq muhim narsalarga e’tibor berishni afzal ko‘radi

Foto: AdMe

Josh Hollouey va Yessika Kumala 15 yildan buyon birga. Ular ham kamtarona hayotni afzal bilishadi

Foto: AdMe

Shvetsiya malikasi Viktoriya va Daniel Vestling 2010-yilda munosabatlarini qonuniylashtirgan. Deniel avval turmush o‘rtog‘ining shaxsiy fitness murabbiyi bo‘lgan va boshida ularning munosabatlari yashirin edi. Shvetsiya hukumati ruxsat berganidan so‘ng, nikoh qonuniylashtirilgan. Bo‘lmasa Viktoriya taxtdan voz kechishi mumkin edi 

Foto: AdMe

Albert II Sharlen Uittstokka 2011-yilda uylangan.  Monako shahzodasi 50 yoshigacha oila qurmagan va merosxo‘rlari ham bo‘lmagan toki Sharlenni uchratmaguncha. U professional suzuvchi va turmush o‘rtog‘idan 20 yosh katta, biroq bu tafovut sevishganlarning hayotlarini bog‘lashiga to‘sqinlik qilmadi

Foto: AdMe

Jeff Brijes va Syuzen Gestonning oila qurganiga 42 yil bo‘ldi. Ular tanishganlarida Jeff allaqachon mashhur va “Oskar” mukofoti sohibi edi. Syuzen esa oddiy ofitsant bo‘lsa ham aktyor Syuzenda o‘z baxtini ko‘ra oldi  

Foto: AdMe

Ann Xeteuey va Adam Shulman 2011-yilda tanishganlar. O‘sha paytda qiz allaqachon mashhur aktrisa edi va Adam ham kino sohasida karyera qilishga harakat qilardi. Biroq keyinchalik u o‘z ishidan voz kechib, zargarlik buyumlari biznesining asoschisiga aylandi

Foto: AdMe

Kristian Beyl va Sandra Blajich 20 yil oldin oila qurishgan. Dastlab qiz aktyorning muxlisi edi, keyinchalik u sevimli yulduzining rafiqasiga aylandi  

От qwert.uz