AQShning Shimoliy Karolina shtatida 59 yoshli Eddi Grey ko‘lda cho‘milganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Foto: “Telegraph.co.uk”
Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik suzayotganda, bir hujayrali organizm — “miya yeydigan amyoba” miyasiga kirib olgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Ta’kidlanishicha, bu jonzotni iliq сhuchuk suvda uchratish mumkin. Ushbu turdagi amyoba infeksiyasi bilan zararlanish juda kam uchraydigan hol, ammo oqibati halokatli.
Shunisi ma’lumki, agar ushbu virus odamning burniga kirsa, oqibati fojiali yakun topishi mumkin.