Instagram foydalanuvchilari olmaotalik Zarina ismli ayolni makiyaj tufayli amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Jennifer Lopesga o‘xshatishdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Tengrinews
Vizajist Marjan Borovik makiyaj yordamida ayolni JeyLoga “aylantirib qo‘ydi”. O‘z ishining natijasini esa Instagram’ga joyladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Tengrinews
Qayd etilishicha, Zarina — besh bolaning onasi. Uni suratda hatto o‘z farzandlari ham tanimay qolgan.
Vizajist modelning JeyLoga aylanishidan avvalgi suratini ham joyladi.

Foto: TengrinewsO‘zbekiston va jahon yangiliklari — Telegram’ingizda!