15-avgustdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining 30-iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”
Qarorga muvofiq 2019-yil 15-avgustdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi , avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:
- Ai-80 avtobenzinga – 4500 so‘m/litr (aksiz solig‘ini hisobga olganda; hozir — 4000 so‘m, o‘sish — 12,5 foiz);
- dizel yoqilg‘isiga – 5400 so‘m/litr (4800, +12,5%);
- EKO dizel yoqilg‘isiga – 5700 so‘m/litr (4900, +16,3%) etib belgilandi.
Ai91 markasidagi benzin narxi (hozir 4500 so‘m) 15-avgustdan birja savdolari orqali belgilanadi.