Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “quvib yuborish” maqsadida piyoda Moskvaga yo‘l olgan yoqutistonlik shaman Aleksandr Gabishev besh oydan buyon o‘z maqsadi tomon harakatlanmoqda, deb xabar beradi “Liga.Novosti”.

Foto: RFE

Gabishev Putinni “qora kuchlar samarasi”, “tabiat yomon ko‘radigan iblis” deb va uni quvib yuborish uchun jangchi-shamanning kuchi kerakligini ta’kidlamoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

“U bor joyda falokat va teraktlar ham bor. U o‘zga sayyoralik. Bizlardan emas. Yerlik emas. Uning atrofidagilar — adashganlar. Xalqning yarmini adashtirgani sabab uning ikkinchi ismi — Lukaviy. U bu borada juda kuchli”, — deydi Gabishev.

Shamanning so‘zlariga ko‘ra, Xudo unga Kremlga piyoda borishni buyurgan. 6-mart kuni yo‘lga chiqqan Gabishev 2021-yilning avgustida Kremlga yetib borishni rejalashtirgan.

От qwert.uz