Nazarboyevning qizida qancha pul bor? Mesut O‘zilga kimlar pichoq bilan hujum qildi? Haftaning eng muhim tvitlari

“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“‘Arsenal’ klubi futbolchisi Mesut O‘zilga Londonda pichoq bilan hujum qilinishi”, – TRT Haber  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Skrin: “Daryo”

TRT HABER@trthaber

Arsenal’de forma giyen Mesut Özil’e Londra’da bıçaklı saldırı.https://www.trthaber.com/haber/dunya/mesut-ozil-londrada-bicakli-saldiriya-ugradi-424516.html …

Embedded video

1483:00 AM — Jul 26, 2019Twitter Ads info and privacy41 people are talking about this

“Iroqda AQSh flotida xizmat qilayotgan ayrim maxsus xizmatlar harbiylari xizmat payti ichkilik ichgani bois AQShga jo‘natib yuborildi”, – Milliyet nashri.

“Innovatsion salohiyatni rivojlantirmay turib iqtisodiyotda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish mushkul. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining xalqaro innovasiyalar indeksi 2019 ro‘yxati:

1) Shveysariya;

2) Shvetsiya;

3) AQSh;

4) Niderlandiya;

5) Buyuk Britaniya;

9) Germaniya;

10) Isroil;

11) Janubiy Koreya;

14) Xitoy;

15) Yaponiya;

16) Fransiya;

30) Italiya;

41) Gretsiya;

46) Rossiya;

49) Turkiya;

56) Meksika”, – Alper Uchoq, Turkiya sanoat va biznes uyushmasi vakili.

Skrin: “Daryo”

“Nemis matbuoti: Tramp prezident bo‘lishga munosib emas. U egallab turgan lavozimiga mos keladigan aqliy salohiyatga ega emas va lavozimining ahamiyatini tushunmaydi. U kitob o‘qimaydi. Uning qarorlari qaysarlikdan qabul qilinadi va tiraniyaga asoslanadi” – Essen Views.

Skrin: “Daryo”

“1990-yillarda Rossiya bugungi Yevropa Ittifoqining sharqiy Yevropadagi ittifoqchilaridan aholi jon boshiga dollarda ancha yuqori daromadga ega edi. Hozirda ruslar Bolgariydan ozgina boyroq”, – Mayk Byord, WSJ muxbiri.

Skrin: “Daryo”

“Olimlarning ta’kidlashicha, trillionlab daraxtlarni ekish o‘n yillik CO2 gazlarining havoga chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Daraxt ekish ekologik muammoning hal qilinishi uchun eng oson yechim-ku. Nimani kutib turibmiz?” – Erik Solxeym, ekoharakat faoli.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

“Hozirda @Thesun uch xil ovozda gapirmoqda. Ingliz nashri: Boris ajoyib debyut qildi; Shotland nashri: Boris aldandi; Irland nashri: Borisning Brexit’ga yo‘l yo‘q hazili mag‘lubiyatdir. Gazeta voqeani boricha, ammo turli auditoriyani qanoatlantirish uchun turlicha yoritmoqda”, – Roy Grinsleyd, siyosiy sharhlovchi.

Skrin: “Daryo”

“Mazkur xarita Yevropa mamlakatlari va shaharlarini AQShning shtatlari yalpi ichki mahsuloti bilan taqqoslamoqda”, – Simon Kyustenmaxer, geograf.

Skrin: “Daryo”

“Eron va Rossiya O‘rmuz bo‘g‘ozida birgalikda harbiy amaliyotlar o‘tkazadi”, – NTV telekanali.

Skrin: “Daryo”

“9 650 mingdan ziyod shaxs Sibirda 3 million gektar o‘rmonda yuz berayotgan yong‘in sabab favqulodda holat joriy etilishi uchun petitsiyaga imzo chekdi. Rus amaldorlari bunga sira zarurat yo‘qligini ta’kidlamoqda. Grinpis esa bu haqiqiy falokat ekanligini aytmoqda”, – Metyu Lyuksmor, The Guardian muxbiri.

Skrin: “Daryo”

“Nursulton Nazarboyevning qizi Dinora Qulibayeva Forbes nashri reytingida 3 milliard dollar mablag‘ bilan Tramp kabi boylar ro‘yxatidan o‘rin oldi. Uning turmush o‘rtog‘i Timurda ham 3 milliard dollar mavjud. @villagekz”, – Joanna Lillis, The Guardian muxbiri.

Skrin: “Daryo”

Jahongir Ergashev tayyorladi.