28-iyul, yakshanba kuni Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasining katta yordamchisi o‘z uyida telefon simiga osilgan holda topilgan, deb yozadi “Nuz.uz”.

Foto: “Nuz.uz”

Sudning 26 yoshli xodimi uyidagi metall zinapoyaga telefon simidan foydalanib, o‘zini osgan. Uning jasadi qarindoshlari tomonidan soat taxminan 11:00 atrofida topilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yosh yigit javobsiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilgan. Tanishlari uning juda ta’sirchan inson bo‘lganini aytgan.

Hozirgi paytda Samarqand tumani prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Huquq-tartibot organlari holatni o‘z joniga qasd qilish sifatida baholagan.

От qwert.uz