1-avgustga o‘tar kechasi Janubiy Koreyaning Kyongbuk provinsiyasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T jarohat olib, vafot etdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Foto: Google Images

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi S.S qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

“Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

От qwert.uz