Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori bilan tonirovkaga ruxsat berildi. Bu haqda bloger Xushnud Xudoyberdiyev ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi,
Foto: “Huquqiy axborot”
Tonirovkaning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi quyidagicha belgilandi:
- orqa oyna (lobovoy) – 100 foizgacha;
- orqa yon oyna (orqa eshik) – 100 foizgacha;
- old yon oynaga (haydovchining yoni) – 50 foizgacha;
- old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100 foizgacha;
- turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50 foizgacha.
Tonirovka narxlari:
- Orqa oyna (lobovoy) uchun: TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas);
- Old oynaning tepa qismidan 14 santimetr polosa – TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas).
Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun:
- jismoniy shaxslarga — 10 barobar (2 million 230 ming so‘m);
- yuridik shaxslarga — 10 barobar (2 million 230 ming so‘m);
- xorijiy tashkilotlarga — 20 barobar (4 million 460 ming so‘m).
Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):
- jismoniy shaxslarga — 50 barobar (11 million 150 ming so‘m);
- yuridik shaxslarga — 50 barobar (11 million 150 ming so‘m);
- xorijiy tashkilotlarga — 80 barobar (17 million 840 ming so‘m).
Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 million 150 ming so‘m) miqdorida.
Parda masalasida ham katta o‘zgarish:
- agar har ikki tomonda “bokovoy” ko‘zgular bo‘lsa, yengil mashinaning orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Buning uchun ruxsatnoma olish yoki to‘lov qilish shartmas.
- Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim;
- 2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda (hozir 5 million 575 ming so‘m edi) o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.