Bloomberg har yilgi dunyoning eng badavlat oilalari reytingini e’lon qildi.
Foto: Bloomberg
Reytingdan hammasi bo‘lib 25 ta oila o‘rin oldi. Ularning daromadlari birga qo‘shib hisoblanganida 1,4 trillion dollarni tashkil etadi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Reytingning birinchi o‘rnini Wallmart supermarketining 50 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Uoltonlar oilasi egallagan.
Oilaning daromadi bir yilda 39 milliardga ko‘payib, 190,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Uoltonlar daromadi 12 oy davomida daqiqasiga 70 ming, soatiga 4 million, kuniga esa 100 million dollarga ko‘paygan.
Reytingning ikkinchi o‘rnini Mars kompaniyasi merosxo‘rlari egallagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oila bir yilda 37 milliard dollar daromad topgan. Ularning boyligi 126,5 milliard dollarni tashkil qilgan.
Uchinchi o‘rinni Koch Industries korporatsiyasi asoschisi Fred Koxning o‘g‘illari Charlz va Devid Koxlar egalladi. Ularning daromadi bir yil ichida 25 milliard dollarga oshib, 125 milliard dollarni tashkil etgan.
Reytingni to‘rtinchi o‘rnini Saudiya Arabistoni qirollik oilasi egalladi.
Oilaning boyligi 100 milliard dollarni tashkil etdi.