oshkentda 23 yoshli fuqaroni urib, unga tan jarohati yetkazgan erkak va ayol ushlandi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.i

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
3-avgust kuni taxminan soat 6:30 da Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida 27 yoshli Abduqodir I. va 25 yoshli Sogdiana R. jamoat joyida 23 yoshli Nasibaxon Y.ga hujum qilib, unga tan shikastlari yetkazgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Natijada jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun murojaat qildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida Abduqodir I. va Sogdiana R. poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.