Shavkat Mirziyoyev hokimlarga paxta terimiga budjet tashkilotlari xodimlari olib chiqilmasligini eslatdi

Byqwert.uz

13 августа, 2019

Avval xabar berganimizdek, 12-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Selektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“Bu yil paxtada suvdan ham, o‘g‘itdan ham muammo bo‘lmadi. Zararkunandalardan tozalash uchun ham 14 milliard so‘m oldi”, — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi.

Prezident Ro‘ziyevning paxta haqidagi gaplaridan so‘ng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga budjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib o‘tdi.

“Bu yil paxta terimiga maktab, institut — umuman, birorta budjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.