9-avgust kuni Telegram ilovasida navbatdagi yangilanish chiqarildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: Telegram

Endilikda ovozsiz xabarlarni yuborish, guruhlardagi xabarlarni sekinlashtirish kabi bir qator xizmatlarni amalga oshirish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Ovozsiz xabarlarni jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kompyuterda ularni sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida yuborish mumkin, mobil ilovalarda esa yuborish tugmachasini ushlab turish kerak.

Suhbatdosh yangi xabarni “Bezovta qilinmasin” rejimi o‘chirilgan bo‘lsa ham ovozsiz signal bilan oladi:

Foto: Telegram

Agar guruhda xabarlarni kuzatib borish qiyin bo‘lsa, u holda ma’murlar uchun endi sekinlashtiruvchi rejimga o‘tkazish moslamasi mavjud:

Foto: Telegram

Agar administrator uni yoqsa, har bir foydalanuvchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida faqat bitta xabarni yuborishi mumkin. Taymer keyingi xabarni yuborishga qancha vaqt qolganligini ko‘rsatadi:

Foto: Telegram

Endilikda guruh egalari ma’murlarga “Memlar qirolichasi”, “Spam bilan kurashuvchi” yoki “El Duderino” kabi lavozimlarini o‘rnatishi mumkin:

Foto: Telegram

Oddiy ma’mur yorliqlarida bo‘lgani kabi, rollar xabarning yuqori qismida ko‘rsatiladi, shunda ishtirokchilar belgilangan “Afsonani ochuvchi” bilan suhbatlashayotganini biladi:

Foto: Telegram

Endi videoni qayta qo‘yish paytida eskizlar ko‘rsatiladi — bu kerakli daqiqani topishga yordam beradi.

Agar siz videofaylga 0:45 kabi vaqt belgisini qo‘shsangiz, u avtomatik ravishda havola sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Vaqt belgisi bosilganda, video kerakli joydan boshlanadi:

Foto: Telegram

Android’dagi tasvir menyusi o‘zgardi. Rasm va videolarni tanlashni osonlashtiradigan katta eskizlar paydo bo‘ldi va yuqoriga siljitish butun galereyani oson ko‘rish imkonini beradi:

Foto: Telegram

Shuningdek geolokatsiya, anketalar va musiqa kabi boshqa ilova variantlarini tanlash uchun chapga va o‘ngga aylantirish, ularning barchasini siqmasdan yuborish mumkin.

От qwert.uz