.Vladivostokda istiqomat qiluvchi yurist Maksim Chixunov Sevastopol yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mototsiklni shlemsiz haydagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortishni so‘radi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “RIA Novosti”

“Fuqaro Putin Vladimir Vladimirovich 10-avgust kuni aniqlanmagan shaxslar bilan ‘Tungi bo‘rilar’ motoklubining Sevastopoldagi bayk-shousida ‘Ural’ mototsiklini shlemsiz haydagan. Shu sababli uni motoshlemlardan foydalanish qoidalarini buzganlik moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortishingizni so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.

Lipetsk viloyat kengashi deputati Oleg Xomutinnikov ham Putining mototsiklda yurishi masalasida Rossiya bosh prokurori Yuriy Chaykaga murojaat qilib, qonunlar buzilishini bartaraf etish uchun chora ko‘rishni so‘ragan.

От qwert.uz