O‘zbekistondagi tijorat banklari chet el valyutalarini sotish va sotib olish qiymatini yana keskin ko‘tardi, deb yozmoqda “UzNews”.
Foto: Google Images
13-avgustdan boshlab bir qator banklar dollarni 8940 so‘mdan, yevroni 9600 so‘mdan sotib olmoqda. Dollarni sotish kursi esa 9000 so‘mni, yevroniki 10 560 so‘mni tashkil etmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Quyida valyutalarning yangi qiymatini o‘rnatgan ayrim banklar ro‘yxati keltirildi.
Ipoteka bank
- Dollar: sotib olish — 8940, sotish — 9000
- Yevro: sotib olish — 9600, sotish — 10000;
Kapitalbank
- Dollar: sotib olish — 8940, sotish — 9000
- Yevro: sotib olish — 9490, sotish — 10560;
Hamkorbank
- Dollar: sotib olish — 8940, sotish — 9000
- Yevro: sotib olish — 9200, sotish — 10200;
Aloqabank
- Dollar: sotib olish — 8940, sotish — 9000
- Yevro: sotib olish — 9400, sotish — 10000;
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 10-avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilagan edi.
Mavzuga doir: Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilishiga izoh berdi