Inson dunyoga kelganida, unga ota-onasi, yaqinlari yaxshi niyatda ism qo‘yadi. Odamning ism-sharifi ham qaysidir ma’noda uning kelajagi, taqdiri yo‘lida katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mashhurlar uchun chiroyli nom muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli ko‘plab aktyorlar, qo‘shiqchilar o‘zlariga yangicha ism yoki taxallus qo‘yishga qaror qilishadi. Ayrim Bollivud yulduzlari ham taniqli, jarangdor nomga ega bo‘lish istagida haqiqiy ism-shariflariga o‘zgartirish kiritishgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Katrina Kaif

katrina-katrina-kaif-24519808-800-600

Maftunkor aktrisaning familiyasi Kaif emas, aslida Turkuot (Turquotte) ekanligini bilasizmi? Katrina Bollivuddagi faoliyatini boshlagan chog‘larda unga yaqin hamkasbi mashhurlikka munosib keladigan nom tanlashini maslahat beradi. Aktrisa ham hech ikkilanmay, Turkuot familiyasini Kaifga almashtiradi. Ko‘rib turganingizdek, bu nom yulduzga omad keltirdi.

Priti Zinta

preity-zinta-preity-zinta-725308870

Aktrisa Pritam Singh Zinta ismidan oddiygina Priti nomini afzal ko‘rgan va hind kinosiga Priti Zinta (inglizchadan “Pretty”- yoqimtoy) sifatida kirib keldi.

Rekha

Rekha-Pictures8

Asl ismi Bhanurekha Ganesan bo‘lgan aktrisani muxlislar avvaliga qiyinchilik bilan esga olishardi. Keyinchalik ekranlarda oddiygina Rekha bo‘lib namoyon bo‘la boshlagach,  aktrisaga chinakamiga omad kulib boqdi.

Akshay Kumar

Nahotki Akshayning asl ismi Rajiv Hari Om Bhatiya bo‘lsa? Bu savol muxlislarni ham ko‘p o‘ylantirgan. Akshayning yaqin do‘stlari uni hanuzgacha Raju deb chaqirishadi. Aktyor o‘g‘li Arav Bhatiyaga o‘z familiyasini bergan.

Akshay-Kumar

Shridevi

Sridevi 1 - Kimaya store

Gollivudning yana bir go‘zal aktrisasi Shridevining asl ismi — Shri Amma Yanger.

Salmon Xon

salman_khan_008_1024x768_zaov

Qizlarning sevimli yulduzi Salmon Xon uzun ismga ega aktyorlardan. Uning to‘liq ismi —  Abdul Rashid Salim Salmon Xon.

Ajay Devgn

ajay-devgan-pictures-photo-114549

Latofatli Kajolning turmush o‘rtog‘i Vishal Viru Devgan muxlislari uchun oddiygina Ajay bo‘lishni ma’qul ko‘rgan. Uning familiyasi “katta og‘iz” degan ma’noni anglatgani sababli 2009-yilda o‘z sharifiga kichik o‘zgarish kiritganini rasman ma’lum qildi. Ya’ni Devgan familiyasidagi “a” harfi olib tashlandi.

Amitabh Bachchan

Amitabh-Bachchan_71

Bollivud olamining eng zabardast va yorqin yulduzi hisoblanmish katta Bachchan janoblarining asl ismi Amitabh Shrivastav ekanligini ko‘pchilik biladi.

Govinda

govinda_003_1024x768_shon

O‘zining asosan komik rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozona olgan Govinda Bollivudga kelmasidan avval Arun Ahuja ismiga ega bo‘lgan.

Nargis

Nargis - Hindi Movie Actress (3)

Kino olamida afsonaviy Raj Kapur bilan betakror juftlik bo‘la olgan Nargisning haqiqiy ismi Fotima Rashid bo‘lgan.

Dilip Kumar

dilip_kumar_the_last_emperor_idj907

“Ganga va Jamna”, “Devdas” kabi filmlardagi yorqin rollari bilan Bollivudda o‘chmas iz qoldirgan Dilip Kumar aslida Yusuf Xondir.

Nima deb o‘ylaysiz? Yulduzlarimizning haqiqiy ism-shariflari chiroylimi? Yoki ular o‘zlariga boshqa nom tanlab to‘g‘ri yo‘l tutishganmi?

От qwert.uz