Maykl Jeksonning sobiq agenti Reymon Beyn qo‘shiqchining o‘limidan bir necha yil oldin maxfiy vasiyat yozganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Foto: EPA
Beynning so‘zlariga ko‘ra, hujjat 2006-yilda tuzilgan va u bundan 4 yil avval yozilgan vasiyatnomaning o‘rnini bosishi lozim bo‘lgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Uning ta’kidlashicha, Jekson uning merosini qanday saqlab qolish kerakligi haqida hujjatda batafsil bayon qilgan. Beyn, shuningdek, hujjatning notarial tasdiqlanishida ishtirok etganini va uning mazmunini eshitganini ham aytgan.
Hozirda ushbu hujjat qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Jeksonning 2002-yilgi vasiyatiga ko‘ra, qo‘shiqchining aktivlari oilaviy trastga o‘tgan, uning onasi Ketrin Jekson esa uch farzandning qonuniy vasiysi bo‘lgan.
O‘n yil avval artistning ukasi Rendi Jekson 2002-yilning 7-iyuliga tegishli bo‘lgan vasiyatnomaning haqiqiyligiga shubha qilgan. Uning aytishicha, Jekson o‘sha paytda Los-Anjelesda bo‘lmagani sababli hujjatni imzolagan bo‘lishi mumkin emas.