.“O‘zarxiv” agentligining Telegram’dagi kanalida O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi 335-XII sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qarori surati e’lon qilindi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Telegram / @uzarchive

“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi Ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni Respublikaning davlat mustaqilligi e’lon qilingan hujjatni tan olishga da’vat etadi”, — deyiladi qarorning so‘nggi, 5-bandida.

Ushbu tarixiy qaror O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘sha vaqtdagi raisi Shavkat Yo‘ldoshevtomonidan imzolangan.

Mavzuga doir:Mustaqil O‘zbekiston parlamentining ilk rahbari Shavkat Yo‘ldoshev: O‘zbekiston davlatning mustaqil bo‘lishi haqidagi hujjatga imzo chekishni Alloh menga nasib qilgan ekan, bu hayotning menga bergan mukofoti, sharaf

От qwert.uz