28-avgust kuni internet tarmoqlarida oynalari qoraytirilgan Spark rusumli, davlat raqam belgisi o‘rniga “Xalimboy” degan yozuv o‘rnatilgan avtomashina va yo‘lning qatnov qismini to‘sib, boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bergan holda shov-shuv ko‘tarib, dvigatelga zo‘riqish berib yo‘nalishini keskin o‘zgartirib harakatlangani aks etgan videolavha tarqalgan edi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Zarnews

Surishtiruv jarayonida 2019-yil 16-avgust kuni soat 13:30 larda haydovchi G‘.G. Samarqand tumani Rustam qishlog‘i hududida to‘y marosimida Spark rusumli avtomashina davlat raqamini o‘zboshimchalik bilan yechib, o‘rniga karton qog‘ozdan “Xalimboy” deb yozilgan yozuvni o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, qoidabuzarlar avtomashinalar bilan guruh-guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning qatnov qismini to‘sib, boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bergan. Avariya holati sodir etgan holda boshqa harakat ishtirokchilari e’tiborini o‘ziga qaratib, jamoat tartibini buzgan.

Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga qo‘yildi. G‘.G. va boshqa ishtirokchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

От qwert.uz