Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahrida o‘tayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 14-sentyabr kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan edi.
Davlat rahbari tashrif davomida Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida amalga oshiriladigan loyihalar bilan ham tanishdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Shuningdek, Prezident Qo‘qonda xalq ichiga kirib borgan — ijtimoiy tarmoqlarda xalq bilan uchrashuv videolari tarqaldi.