12-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ — 4447-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Qaror bilan tasdiqlangan nizomning 15-bandida ma’lumot darajasidan qat’i nazar, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan barcha fuqarolar uchun muddatli harbiy xizmatning muddati kalendar hisobda 12 (o‘n ikki) oy etib (eski tahrirda oliy ma’lumotli fuqarolar uchun 9 oy etib belgilangan) belgilandi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Kalendar hisobida kamida 10 yil xizmat qilgan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilayotganda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga oliy ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limidagi bir oy o‘qish muddati bir oy xizmat muddati hisobida hamda oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan so‘ng ixtisosligiga mos keladigan lavozimlardagi bir oylik ish staji bir oylik xizmat hisobida qo‘shib hisoblash (eski tahrirda faqat rezervdan (zaxiradan) ixtiyoriy ravishda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan ofitserlarga nisbatan qo‘llanilgan) tartibi joriy etildi.
Yangi loyiha bilan amaliyotga pensiya hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat maxsus unvon berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi to‘g‘risidagi norma kiritildi.
Shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga qabul qilinishdagi yosh senzlari 17 yoshdan 23 yoshgacha (eski tahrirda 21 yoshgacha bo‘lgan) ko‘tarildi. Bundan tashqari 26 yoshgacha bo‘lgan (eski tahrirda ushbu norma yoritilmagan) va oliy harbiy ta’lim muassasalarida aloqa muhandis texnigi va harbiy-tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining talabalari oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga o‘qishga qabul qilinishlari to‘g‘risidagi norma kiritildi.Kun iqtibosi, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar, tonggi