Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi Qumariq mahallasi aholisi qishloqni kesib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalining narigi tomoniga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan ko‘prikning qurilganiga 38 yil bo‘lgan. Fuqarolar kanal yoqalab har kuni 5 kilometr masofani bosib o‘tishga majbur edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Chunki taxta ko‘prikdan maktabga qatnovchi bolalar orasida kanal bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning tez-tez bo‘lib turishi odatiy holga aylanib qolgandi.

Shu qishloqda istiqomat qiluvchi Ergashali Shokirov bir necha o‘n yildan buyon Haj safari uchun mablag‘ jamg‘arib yurgan edi. Mahalladagi ko‘prik muammosiga ko‘z yuma olmagan Ergashali ota shu mablag‘ini zamonaviy va mustahkam ko‘prik qurish uchun sarf qildi. Natijada Katta Farg‘ona kanali ustida yana bir ixcham va mustahkam ko‘prik bunyod bo‘ldi.

Kanalning narigi tomonidagi yangi mahallalarda 40 dan ortiq xonadon bor. Endilikda bu xo‘jaliklardagi 100 dan ortiq o‘quvchi xavfsiz ko‘prik orqali maktabga qatnaydigan bo‘ldi.

От qwert.uz