Britaniyalik aktyor Shon Binni filmlarda ko‘pincha mash’um qismat kutadi. U ijro etgan qahramon yo “Taxtlar o‘yini” serialidagi kabi qatl qilinadi, yoki “Uzuklar hukmdori”dagi kabi kamon o‘qidan o‘ladi va hatto “Qora o‘lim”da tanasi bo‘laklab tashlangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Drnm

Aktyorning bu qismati allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda turli hazillarning ko‘payishiga olib keldi. Filmda Shon Bin ishtirok etyaptimi, demak uning personaji qaysidir qismda halok bo‘ladi.

2014-yilda aktyor muxlislari #DontKillSeanBean (“Shon Binni o‘ldirmang”) heshtegini ham ommaviylashtirgan, o‘shanda Shonning o‘zi ham ushbu jarayonda ishtirok etgandi.

Foto: Instagram

Qizig‘i Shon Bin nafaqat filmlarda balki video o‘yinlarda ham qurbon bo‘ladigan qahramon. Masalan, “Hitman 2” o‘yinini o‘ynaganlar uni turli yo‘sinda halok qiladi!

Lekin endi hammasi o‘zgaradi! The Sun tabloidiga bergan intervyusida aktyor bunday serial va filmlardan charchaganini aytib o‘tdi va endi sujet davomida halok bo‘ladigan qahramonlar rolini ijro etmasligini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar tarqatdi.

Men buni allaqachon to‘xtatishim va yashash uchun kurashishim kerak edi. Aks holda qahramonlarim taqdirini hamma oldindan topib qo‘ymoqda.

Shon Bin, britaniyalik aktyor.

Aktyor yaqinda suratga tushgan filmida ham “halok bo‘lmaslik” uchun prodyuserlar bilan uzoq bahslashdi. Yakunda uning qahramoni o‘lmadi, ammo uzoq vaqtga majruh qilindi.

От qwert.uz