“Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston qonunining 6-moddasida ishlab chiqaruvchi va sotuvchi iste’molchiga u tomondan sotib olinadigan mahsulotlar to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan, ishonchli va ochiq axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etishga majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
“O‘zstandart” matbuot xizmatiga ko‘ra, ko‘p holatlarda iste’molchi mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni davlat tilida olish imkoniyatiga ega emas.
Buning ustiga, mahsulot to‘g‘risidagi axborotlar o‘qish uchun nihoyatda mayda harflar bilan yozilgan bo‘lib, undan iste’molchi o‘z vaqtida foydalana olmayapti.
Mahsulot to‘g‘risidagi axborotlar yozilgan o‘zi yopishadigan stikerlar uni respublikaga kirib kelguniga qadar tushiriladi va har doim ham ishlab chiqaruvchining axborotlaridan farqli ravishda ishonchli axborotga ega bo‘lmasligi mumkin, natijada ishlab chiqaruvchi taqdim etilgan axborot uchun javobgar bo‘lmaydi.
BMT tomonidan 1985-yilda tasdiqlangan tamoyillarga muvofiq iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
- mahsulotlar xavfsizligi va ularning sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) takliflariga aniq muvofiqlikda ishlashi;
- belgilangan xizmat ko‘rsatish va ushbu tovarni ishlashga yaroqli holda saqlash kafolatlari davrida mahsulotning sifati;
- bazaviy talablarni qondirish, hozirgi va kelajak avlodni ishonchli va sog‘lom hayot kechirishiga tahdid ko‘rsatmaydigan sog‘lom atrof muhit huquqi.
Rossiyaning “Iste’molchilar huquqini ximoya qilish to‘g‘risidagi” qonuniga muvofiq, iste’molchilarga tovarni sotib olishda uni ishlab chiqaruvchisi, standart va asosiy iste’molchi xususiyatlarini ro‘yxati, agar bu oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lsa, ularning tarkibi, kaloriyaliligi, sog‘liq uchun zararli moddalar miqdori va ma’lum bo‘lgan kasalliklarda bu mahsulotni iste’mol qilishga qarshi ko‘rsatmalarni bilish huquqiga ega. Vaqt o‘tishi bilan istemol qilish xususiyatlari yomonlashishi mumkin bo‘lgan tovarlarda yaroqlilik muddati va ishlab chiqarish sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
“Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarda davlat tilidagi tamg‘a yo‘qligi iste’molchilar huquqlari poymol qilinishiga olib keladi”, — deyiladi xabarda.