O‘zbekistonda bir kishi yil davomida iste’mol qiladigan go‘shtning o‘rtacha miqdori ma’lum qilindi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 30-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati, Toshkent shahri va viloyati statistika boshqarmalari mutasaddilari, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Jahongir Yo‘ldoshev aholining go‘sht iste’moli haqida axborot berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

O‘zbekistonda bir yilda bir kishi 43,2 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qiladi. Respublikada aholining go‘sht iste’moli darajasi o‘rtacha. Tojikison va Qirg‘izistondan ko‘proq. Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlariga nisbatan kamroq go‘sht iste’mol qilamiz.

Jahongir Yo‘ldoshev

Davlat statistika qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari boshqa oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli haqida ham ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2018-yil davomida bir kishi o‘rtacha 272 litr sut va sut mahsulotlari, 4,8 kilogramm baliq mahsulotlari, 150 kilogramm meva va rezavorlar, 56 kilogramm kartoshka iste’mol qilgan.

Avvalroq O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov “Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz”, deya go‘sht narxi oshishiga izoh bergan edi. Aktam Hayitovning bu so‘zlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mavzuga doir: “Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz”. O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov go‘sht narxi oshishiga izoh berdi

Ochiq ma’lumotlar portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekistonga yirik shoxli qoramol go‘shtidan 985 tonna import qilingan. Bu mahsulot qiymati 3 million dollar atrofida bo‘lgan.