Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga IIV tizimidagi manbalari xabar berdi. Voqea 21-sentabr kuni sodir bo‘lgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchik oqibatida kelib chiqqan janjal davomida benzin yoqilg‘isini ustidan quyib, o‘zini yoqib yuborgan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida 27-sentabr kuni shifoxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan shu kuni prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.