Qozog‘istonning Jezqazg‘an shahrida 17 yoshli qiz o‘g‘irlab ketildi. Tengrinews’ning yozishicha, qizning yonida 2 yoshli jiyani ham bo‘lgan.
Foto: “Alau”
Sodir bo‘lgan hodisa haqida jamoat arbobi Abilda Abdikarimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, voqea 10-iyun kuni yuz bergan. Qiz bog‘chadan 2 yoshli jiyanini olib ketayotganida jinoyatchi ularning ikkovini ushlab, mashinasiga kuch ishlatib o‘tqazib, kvartirasiga olib kelgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Bu yerda qizning boshiga urib, ovozini o‘chirgan va uni zo‘rlagan. Qizning jiyani bu paytda ularning oldida bo‘lgan. Erkak uning yuzini ko‘rpa bilan yopib qo‘ygan.
“Ertasi kuni jinoyatchi bolani bog‘cha oldida qoldirgan va o‘ldirish bilan tahdid qilib, qizni Olmaota viloyatidagi Terekti qishlog‘iga kechasi tunash uchun olib ketgan. Ertasiga esa Jezdi qishlog‘iga olib ketgan”, — deb yozmoqda Abilda Abdikarimov. Uning aytishicha, taxmin qilinayotgan jinoyatchi sobiq huquq-tartibot xodimi bo‘lishi mumkin.
Qizning ota-onasi Satpayev va Jezqazg‘an shaharlari prokuraturasiga murojaat qilgan, ammo hech qanday natija chiqmagan. 26-sentabr kuni esa viloyat prokurorining shaxsan qabulida bo‘lgan.
Qarag‘anda viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 120-moddasi (Zo‘rlash) bo‘yicha sudgacha tergov harakatlari olib borilayotganini bildirgan va tegishli ekspertiza tayinlangan.