25-sentabr kuni Toshkentning fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Jasurbek Ibragimovning ota-onasi — Nilufar Aliyeva va Muhammadjon Tursunovning Islombek To‘laganov va uning ota-onasiga nisbatan da’vosi yuzasidan eshituv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Islombek To‘laganov Mirobod tuman sudining 2017-yil 30-oktabrdagi hukmi bilan kursdoshining o‘limida aybdor deb topilgan va 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . 2018-yil 20-dekabrda esa Navoiy shahar sudi qarori bilan qamoq jazosi axloq tuzatish ishlariga o‘zgartirilgan. To‘laganovning ota-onasi bugungi kungacha 151 million 732 ming 760 so‘m miqdorida moddiy xarajat va 500 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar qoplanishini talab qilib kelmoqda.

Sud eshituvlari chog‘ida Islombekning otasi Abdujalil Rasulov unga taqdim etilgan da’vogarlarning moddiy xarajatlari ro‘yxatiga e’tiroz bildirdi. Uning aytishicha, ro‘yxatdagi biror band kvitansiya yoki chek bilan mustahkamlanmagan, bu esa ularda ko‘rsatilgan summalar haqiqiyligiga ishonish imkonini bermaydi.

Rasulov halok bo‘lgan talabaning ota-onasini o‘g‘illari o‘limidan naf ko‘rishga urinishda aybladi va mazkur fojiaga aloqalari bo‘lmagani uchun uni hamda turmush o‘rtog‘i Zumrad Mambetovani javobgarlar qatoridan chiqarishni so‘radi.

“Farzanding o‘lim bilan olishayotganda uni qutqarish uchun albatta shoshilinch ravishda dori-darmonlar kerak bo‘ladi. Dafn marosimlari chog‘idagi holat haqida ham shuni aytish mumkin. Himoyam ostidagi ayol kvitansiya yoki cheklarni saqlab qo‘yish zarurligi haqida shu sabab o‘ylab ham ko‘rmagan. Qolaversa, u o‘simtani olib tashlash bo‘yicha ikkinchi og‘ir operatsiyani boshidan kechirdi. Stress baribir o‘zini bildirdi. Biz hali bu bo‘yicha hech narsa da’vo qilganimiz yo‘q”, – dedi bunga javoban jabrdiyda tomon advokati Lola Ismoilova.

Qayd etish joizki, Jasurbek Ibragimovning ota-onasi ma’naviy zarar uchun undirilganidan 500 million so‘mni og‘ir xasta bolalarni davolash uchun yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan “Ezgu amal” xayriya tashkilotiga o‘tkazmoqchi.

Sudning kelgusi muhokamasi mahkama qabul qilingan taqdimnomalar bilan to‘liq tanishib chiqishi uchun 14-oktabrga belgilandi.

От qwert.uz