O‘tgan haftada O‘zbekistonda ICTWeek 2019 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda elektron tijoratni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Biz tadbirda WebMoney Transfer tizimini rivojlantirish bo‘yicha direktor Pyotr Daraxvelidze bilan so‘mdagi WMY-elektron hamyonini, undan qanday foydalanish va onlayn to‘lovlar qanchalik xavfsizligi haqida suhbatlashish uchun uchrashdik — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Biz kompaniya emasmiz, biz — texnologiyamiz
Bizni ko‘pincha kompaniya deb hisoblashadi. Aslida unday emas. WebMoney — bu texnologiya, brend. Har safar WMY (tizimdagi o‘zbek so‘mining ekvivalenti) kabi yangi hamyon turi yaratilsa, o‘z mamlakatida kafil sifatida chiqishga tayyor bo‘lgan hamkor izlanadi. U ishonchli va sinalgan kompaniya bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda bu vazifani Brio Group bajaradi.
O‘zimiz tomonimizdan, biz foydalanuvchilarga xizmatlarni to‘lash va to‘lovlarni qabul qilib olish uchun puxta o‘ylab chiqilgan va qulay interfeysga ega dasturiy ta’minot taqdim etamiz. Kafil sifatida ish yuritadigan Brio Group texnologiyani mahalliy bozorning o‘ziga xos xususiyatlari va moliyaviy sohadagi holatni hisobga olgan holda moslashtiradi.
To‘lov uchun mukammal yechim
WebMoney tizimida xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lovlarni qulay amalga oshirish uchun hamma narsa mavjud bo‘lib, u ayni vaqtda raqamli formatga o‘tkazilayapti: oziq-ovqat yetkazib berishdan tortib, uy yoki avtomobilning ijarasigacha. Biror joyga borish, hujjatlarni to‘ldirish, kartani rasmiylashtirilishini kutishning keragi yo‘q. Hammasi oddiy: uyali telefon olasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz va hamyonni ochasiz.
O‘zbekistonda bizning oldimizga uchta maqsad qo‘yilgan: hisobni to‘ldirishni osonlashtirish, interfeysni o‘zbek tiliga o‘tkazish, global internet-do‘konlar va xizmatlarga, masalan, AliExpress’da WMY to‘lash.
Shuningdek, tizimda qahvaxonalar, restoranlar va do‘konlar egalariga QR-kod yordamida naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini beradigan yechim mavjud. Mijoz faqatgina WebMoney Keeper mobil ilovasi orqali kodni skanerlashi va operatsiyani tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Qanday foydalaniladi
WebMoney hamyonini ochish uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida telefon raqamini ko‘rsatish va parol o‘ylab topish kifoya. Hamyon yaratildi!
Elektron hamyon bankdagi hisob raqamdan farq qiladi. Telefonda to‘lovni amalga oshirish yoki balansni to‘ldirish kabi harakatlar identifikatsiyasiz amalga oshiriladi — bu minimal darajada xavfga ega oddiy operatsiyadir.
Shu bilan birga, tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotishda foydalanuvchilar o‘rtasidagi himoyalangan bitim (Escrow xizmati) mexanizmlari haqida unutmaslik kerak. Bunday xizmat e’lonlar taxtasi, turli xil hamkorlik dasturlari, frilaserlar uchun xizmatlar va shu kabi marketpleyslar uchun qiziqarli bo‘ladi.
Agar foydalanuvchilardan pul mablag‘larini olish, ularni bank hisob raqamiga o‘tkazish yoki naqd pulga aylantirish kerak bo‘lsa, bu boshqa gap. Bu yuqori darajadagi xavfga ega operatsiyadir. Bunda limitlar ishlaydi, FATF (pullarni o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasida jahon standartlarini ishlab chiquvchi tashkilot) me’yorlari amal qiladi.
Foydalanuvchi mablag‘larining xavfsizligini ta’minlash uchun WebMoney attestatlar tizimini ishlab chiqdi. Attestatda uning egasining shaxsiy ma’lumotlari saqlanadi: F.I.Sh, pasport va aloqa ma’lumotlari. Attestat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik yuqori darajada ishonchli hisoblanadi va tizim unga shunchalik ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi.
Attestat nima uchun kerak
Hamyonni yaratishda tizimning har bir a’zosi taxallus attestatini oladi. U shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirishni va shaxsni tasdiqlashni talab qilmaydi. Kundalik operatsiyalar (AliExpress’da sotib olish, telefon balansini to‘ldirish) ni amalga oshirish uchun hamyon kerak bo‘lgan foydalanuvchi uchun shunday attestat yetarli.
Undan ko‘ra yuqori darajadagi “Rasmiy” attestatni olish uchun pasport skaner nusxasini yuklashingiz va tekshirish natijalarini kutishingiz kerak. Agar foydalanuvchi pul mablag‘larini, masalan, bank kartasiga chiqarib olishni, limitlarni oshirish va tizimdagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanishni istasa, bu kerak bo‘ladi.
Keyingi “Boshlang‘ich” dkb nomlangan attestat darajasi tizimning boshqa foydalanuvchilarning ishonchi va yanada yuqoriroq limit muhim bo‘lgan faol ishtirokchilari uchun kerak bo‘ladi.
Attestatning eng yuqori darajasi bo‘lgan “Shaxsiy” attestat nafaqat mablag‘ sarflashni va pul o‘tkazishni xohlaydigan, balki WebMoney Transfer tizimining barcha xizmatlaridan foydalangan holda tarmoqda pul ishlashni istagan ilg‘or foydalanuvchilar va biznes vakillari uchun tavsiya etiladi. Uni olish uchun foydalanuvchi tekshirish uchun asl hujjatlarni yoki ularning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalarini shaxsan olib kelishi kerak.
Nizolarni hal qilish
Sotuvchi va xaridor bor bo‘lgan har qanday maydon nizolarni hal qilishni ham hisobga oladi. Bu biznesning markaziy elementlaridan biridir. Bizning uchta hakam (ikkitasi tomonlar tomonidan tayinlanadi va bittasi tizim tomonidan tayinlanadi) dan iborat o‘z arbitrajimiz bor. Bu ikki shaxs o‘rtasidagi ziddiyatlar holatiga taalluqlidir (biri boshqasiga biror narsa sotadi va kimdir majburiyatlarini bajarmaydi). Agar ziddiyat do‘kon va xaridor o‘rtasida bo‘lsa, unda biz iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq harakat qilamiz.
Bizning kuchimiz xavfsizlikda
WebMoney — xavfsizlik sohasida novator. Biz SMS orqali ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlashni birinchilardan bo‘lib boshladik. SIM-kartalarni almashtirilishini kuzatishga biz birinchilar qatorida o‘tib, buni 6 yil oldin joriy etganmiz.
E-NUM xizmati alohida e’tiborga loyiqdir.
WebMoney tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya sizga “Savol-javob” sxemasi bo‘yicha bir martalik kalitlarni ishga tushirishga imkon beradi. Avtorizatsiya so‘rovidan so‘ng, mobil ilova PUSH bildirishnomasini oladi va “javob raqami”ni ko‘rsatadi. Ikki faktorli autentifikatsiya qilishning bu usuli SMSga qaraganda ancha ishonchli va aloqa provayderiga bog‘liq emas.
Reklama huquqi asosida.