Saudiya Arabistonida ayollarning harbiy xizmatni o‘tashiga ruxsat etildi
Saudiya Arabistonida ayollarning mudofaa kuchlarida harbiy xizmatni o‘tashiga ruxsat berildi, deb yozmoqda “Kommersant”. Endi mamlakatda ayollar harbiy havo kuchlari, harbiy dengiz kuchlari, harbiy havo kuchlaridan himoya strategik raketalar hamda tibbiyot xizmatida oddiy askar yoki ofitser sifatida xizmat qilishi mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Saudiya Arabistoni fuqaro mudofaasi rahbari Hasan ash-Hashri ushbu qarorni to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakat deb atadi.
Avgust boshida Saudiya Arabistonida ayollarga mahramsiz sayohat qilishiga ruxsat berilgandi. Shuningdek, ayollar mahramsiz bolalarni ham sayohatga olib chiqishiga hamda davlat idoralarida hujjatlar rasmiylashtirish huquqiga ham ega bo‘lgan. Fevralda esa ularning Ichki ishlar vazirligi huzuridagi obro‘li OTMga hujjat topshirishiga ruxsat etilgan.