468087725

Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlarida 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida turli sabablar bilan 70 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, ushbu o‘lim holatlarining 14 tasi Anqara konsulligida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 50 dan ortig‘i Istanbuldagi konsullik tomonidan qayd etilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Xususan, elchi Alisher A’zamxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, Nodira Qodirovaning o‘limi — 2019-yil hisobidan Anqarada qayd etilgan 14-holat edi.

Turkiyada vafot etgan o‘zbekistonliklarning ayrimlari Turkiyaning o‘zida dafn etilgan bo‘lsa, ba’zilarining jasadi O‘zbekistonga olib kelingan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida Turkiyada sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar haqida muntazam axborot berib kelmoqda. Xususan, Turkiyada 31-may kuni bir, 11-iyun kuni ikki, 22-iyun kuni bir, 27-iyun kuni bir, 30-iyun kuni bir, 19-iyul kuni bir, 22-iyul kuni bir, 28-iyul kuni bir, 21-avgust kuni bir o‘zbekistonlik vafot etgani haqida axborot berilgan edi.

От qwert.uz