Davlat test markazi 2019—2020-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekiston umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha quyida keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida tuzilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Darsliklar ro‘yxatini quyidagi manzil orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda bilish mumkin.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (2 yillik) uchun 2019—2020-o‘quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan amaldagi darsliklarning elektron shaklini Xalq ta’limi vazirligining Axborot-ta’lim portalidan yuklab olish mumkin.

От qwert.uz