“Xalq banki” tomonidan chiqarilgan “Imkon” lahzali pul lotereyasini xarid qilib, 50 million so‘m pul yutug‘ini qo‘lga kiritgan fuqaro hamon yutug‘ini ololmayapti, deb xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

Lotereyasiga iyul oyida yutuq chiqqan Zohida Abduhalilova haligacha o‘z yutug‘ini qo‘lga kirita olmayapti. Bunga bank xodimlari lotereyadagi raqamlar o‘chirilayotganida bexosdan pastdagi “o‘chirilmasin” yozuvi ostidagi raqamlar ham o‘chib ketganini sabab qilib ko‘rsatmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“Ammo chindan yutuqni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bankda uning kodini aniq tekshirish imkoni bo‘lsa, nima uchun bunday holat yuz bermoqda? Bunday ko‘zbo‘yamachilikdan kimga naf? Aslida bunday o‘yinlar odamlarni aldash uchun qilinmoqdami? Savollar ko‘p, javob berishga kelganda esa kimdan javob olishni bilmaysan kishi”, — deydi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi Qahramon Shermatov.

От qwert.uz