Xorazm viloyat Urganch tuman markazida joylashgan 2-MTT 10 kun davomida kuzatuv kamerasiga tushgan. Videoda muassasa tarbiyachisi Sevara Sultonova bolalarni kaltaklab kelganini ko‘rish mumkin, deb xabar beradi “XorazmNews” kanali.

Kadr: Youtube

Ota-onalarning aytishicha, kuzatuv kamerasi xotirasida saqlanadigan 15 kunlik yozuvlarda 4 yashar bolalar guruhiga tarbiyachilik qilayotgan Sevara Sultonovaning bolalarni chizg‘ich bilan urishi, qattiq chimchilashi, shuningdek, bolalarga ovqat bermasdan, soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Maktabgacha ta’lim vazirligi Urganch tumani 2-son maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holat yuzasidan dastlabki o‘rganish bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Holat yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish hamda MTTdagi kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlar dalil sifatida, bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan tegishli huquq-tartibot idoralariga qonuniy chora ko‘rish uchun mavjud ma’lumotlarni taqdim qilish maqsadida MTTdagi videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlangan xona muhrlangan.

Holat yuzasidan barcha ma’lumot va axborotni taqdim qilish uchun 25-oktabr kuni soat 16:00 da Urganch tumanidagi 2-son MTTdagi tarbiyalanayotgan bolalar ota-onalari hamda ushbu MTT kuzatuv kengashi a’zolari uchun umumiy yig‘ilish chaqirilishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat olib borgan va kuch ishlatgan tarbiyachiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha ariza bilan Xorazm viloyat prokuraturasi va Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinadi.

От qwert.uz