Infografika: O‘zbekiston amaldorlari va va yirik tadbirkorlari qaysi partiyalarga a’zo ekani ma’lum bo‘ldi
“Yuksalish” umummilliy harakati davlat tuzilmalari, biznes, ilmiy doiralar, jamoat tashkilotlari, madaniyat va san’at namoyondalari vakillarining qaysi partiya a’zolari ekanini e’lon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
“Adolat” Sotsial-demokratik partiyasidan:
Alisher Shodmonov – Sog‘liqni saqlash vaziri;
Ruslanbek Davletov – Adliya vaziri;
Inom Majidov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan:
Baxtiyor Sayfullayev – Madaniyat vaziri.
Xalq demokratik partiyasidan:
Tanzila Norboyeva – Oliy Majlis Senati Raisi;
Nurdinjon Ismoilov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri;
Ochilboy Ramatov – Bosh Vazirning birinchi o‘rinbosari;
Sherzod Shermatov – Xalq ta’limi vaziri;
Elmira Bositxonova – Bosh Vazir o‘rinbosari.
Liberal demokratik partiyasidan:
Alisher Sultonov – Energetika vaziri;
Sardor Umurzaqov – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri;
Shuhrat Sodiqov – AKT vaziri;
Jamshid Xo‘jayev – Qishloq xo‘jaligi vaziri;
Shavkat Hamroyev – Suv xo‘jaligi vaziri;
Jahongir Ortiqxo‘jayev – Toshkent shahar hokimi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ikki milliondan ziyod fuqaro siyosiy partiyalar safida ro‘yxatga olingan.