Makgregor uchun jahonning eng kuchli sportchisi kim? Uning o‘zi bunga javob berdi

Byqwert.uz

27 октября, 2019

.UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Konor Makgregor “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni jahonning eng yaxshi sportchisi deb bilishini ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Yandex Photos

“Jahonning eng yaxshi sportchisi? Krishtianu Ronaldu. U faoliyati mobaynida ko‘plab sovrinlarni yutib olgan buyuk atlet va sportchi. O‘ylashimcha, u futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchi.

Men futbolning ashaddiy muxlisiman. Biroq janglar sabab uni biroz tashlab qo‘ydim. Yevropa Chempionatida Rossiyaga muxlislik qilaman, albatta. Ushbu musobaqa finalini tomosha qilmoqchiman. Biroq endi o‘zimnikilarga — irlandlarga ishqibozlik qilmayman”, — deydi Makgregor.