IShID rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida 27-oktabr, yakshanba kuni g‘arbning katta ommaviy axborot vositalari xabar qildi. Terrorchilar yetakchisining likvidatsiya qilingani to‘g‘risida o‘z manbalari ma’lumotiga tayanib Reuters, CNN va boshqa nashrlar xabar berdi. Ular al-Bag‘dodiyning Pentagon Suriya shimoli-g‘arbidagi Turkiya chegarasiga yaqin Idlib viloyati hududida xalqaro koalitsiya bilan birgalikda maxsus operatsiya o‘tkazgani xususida yozdi. Meduza Bag‘dodiyning o‘limi bilan bog‘liq voqea-hodisalar xronologiyasini tahlil qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Omar Haj Kadour / AFP / Scanpix / LETA”

G‘arb nashrlari Amerika aviatsiyasining IShID yetakchisi yashiringan Barisha qishlog‘idagi uyga havo zarbasini yo‘llaganini bildirgan. Operatsiya natijasida ayrimlar olti ayrimlar esa yetti nafar odam halok bo‘lganini yozdi: uch erkak, uch ayol versiyalarning birida ularga qo‘shilib bitta bola ham qurbon bo‘lgani taxmin qilingan.

CNN Idlibdagi uyga uyushtirilgan hujum videosini e’lon qilgan, lekin bu Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qaratilgan operatsiyami yoki boshqasimi bunga aniqlik kiritmagan. Videoga ko‘ra, vertolyotlar ishtirok etgan operatsiyaning davomiyligi 30 daqiqa.

Turkiyaning Anadolu agentligi vertolyotlardan tashqari dronlar ham ishtirok etgan operatsiyaning davomiyligi to‘rt soatdan kam bo‘lmaganligini xabar qilgan. Barcha nashrlar Bag‘dodiy bo‘lgan uyning butunlay vayron bo‘lganligini yozgan.

Operatsiya bir nechta davlat harbiylari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar natijasi deya e’tirof qilinmoqda. Turkiya tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan bu borada axborot almashinuvi amalga oshirilganini ma’lum qilgan. The Times of Israel nashri “Suriya demokratik kuchlari” kurdlar jangari guruhlari rahbarining AQSh harbiylari bilan kurdlar ushbu operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rganligini ma’lum qilganini yozgan. Shuningdek, Idlib osmonini nazoratida ushlab turgan Rossiya harbiylari ham vertolyotlar va dronlar uchun sharoit yaratgan va bu Moskva ham barchasidan voqif ekanligini anglatadi.

Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi rasman tasdiqlanishi kunning ikkinchi yarmida kutilayotgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’da “Olamshumul voqea amalga oshdi”, — deb tvit yozgan va bu ko‘pchilik nashrlar tomonidan katta ehtimol bilan IShID rahnamosiga qarshi o‘tkazilgan operatsiyaga aloqador ekanligi taxmin qilingan.

Mavzuga doir: Pentagon rahbari Turkiyaning Suriyadagi harakatlari IShID jangarilarining ozod bo‘lishiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi

Tramp IShID yetkachisining yo‘q qilinganini maxsus matbuot anjumanida tasdiqladi. U o‘z videomurojaatida operatsiyada bir nechta davlat ishtirok etganligini bildirdi va Rossiya, Suriya, Iroq hamda Turkiya hukumatiga minnatdorlik izhor qilib, Suriyadagi kurdlar ham IShIDga qarshi operatsiyada faol qatnashganiga urg‘u berdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Amerika aviatsiyasining Idlib viloyati havo bo‘shlig‘idan foydalanishiga sharoit yaratgan, kurdlar bu borada foydali ma’lumotlarni AQSh harbiylariga taqdim qilgan. Tramp murojaatida “Bag‘dodiyning itdek o‘lganini” ta’kidlagan va o‘zining operatsiyadagi ishtirokiga “Kino ko‘rib o‘tirgandek bo‘ldim”, — deya baholagan.

Mavzuga doir: Eron admirali “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasini AQShning IShID qayta “tug‘ilishi” uchun qilgan fitnasi deb atadi

Avval IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘ldirilgani, Iroq razvedkasi uning joylashgan yerini aniqlab AQShga taqdim qilgani, IShID terrorchilari orasida Bag‘dodiyning ikki yordamchisi uning o‘rnini egallashi mumkinligi xabar qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

От qwert.uz