O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida ma’lum qilindi.
Foto: Spot
Farmonda yangi stadionlar qurish, futbol maktablarini tashkil etish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta sotish tizimini tatbiq etish va boshqa ko‘plab tadbirlar qatorida bukmekerlik kontoralari haqida ham so‘z boradi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Dilshod Norqobilovning aytishicha, bukmekerlik kontoralariga 2021-yil 1-yanvardan ruxsat beriladi.
Avvalroq ushbu farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi.