Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birida maktabning 3-sinf o‘quvchisi xuddi shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi “Gazeta.uz”
Foto: “Gazeta.uz”
Hodisa sentabr oyi boshida qurilishi yakuniga yetkazilmagan yer uchastkasidagi vagonda sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchisi kimdir voqeadan xabardor bo‘lsa so‘yib tashlash bilan qo‘rqitgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Noyabr oyida o‘tkazilgan ekspertizalar hujum qilgan o‘quvchining jinoyatga aloqador ekanini tasdiqladi. O‘smir Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha aybini to‘liq tan oldi.
26-noyabr kuni unga nisbatan sudgacha uy qamog‘i shaklidagi cheklov chorasi qo‘llangan.