“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida televideniye, kino, san’at va madaniyat sohasi vakillari uchun “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallari tomonidan tashkil etilgan “Oltin kabutar—2019” taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda.

  • “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi g‘olibi “Jurnalist” seriali bosh rol ijrochisi Madina Nig‘matullayeva deb topildi. Aktrisaga ovoz berishning so‘nggi bosqichida muxlislar tomonidan 1283 ta ovoz berilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Daryo”

  • “Million” jamoasining sobiq a’zosi, aktrisa Durdona Qurbonova nominatsiyaning 2-o‘rniga munosib ko‘rildi. Bu uchun aktrisaning muxlislari 1131 ta ovoz yo‘llashgan.

Foto: “Daryo”

  • Aktrisa Asal Abdullayevaga muxlislar tomonidan ovoz berish jarayonining so‘nggi bosqichida 117 ta ovoz yo‘llangan va aktrisa 3-o‘rinni egalladi.

Foto: Instagram

  • Xonanda Sardor Tairov “Sevmasam” deb nomlangan video klipi bilan “Eng yaxshi videoklip” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Sardor Tairovga muxlislar tomonidan 89 ta ovoz berilgan.
  • Xonanda Shohruhxonning “Yurak” deb nomlangan videoklipi 2-o‘ringa munosib ko‘rildi. Klipga 41 ta ovoz yo‘llangan.
  • Uchinchi o‘rin Zohirshoh Jo‘rayevning “Ha-ha” deb nomlangan klipiga nasib etdi. Muhlislar ushbu video klip uchun 21 ta ovoz yo‘llashgan.

Tanlovning “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasi g‘oliblari quyidagilar.

  • Yusufxon Nurmatovning “Ko‘zlaringni ko‘rmasam”taronasi nominatsiya g‘olibi bo‘ldi. Ushbu tarona “Jurnalist” seriali uchun maxsus kuylangan.
  • Xonanda Mashhurbek Yo‘ldoshevning “Ojiza” seriali uchun kuylangan “Tugamas azoblar” qo‘shig‘i nominatsiyaning 2-o‘riniga munosib ko‘rildi.
  • O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov hamda Gulsanam Mamazoitova tomonidan ijro etilgan “Bir kami to‘lmagan dunyo” serialining maxsus taronasi nominatsining 3-o‘rnini egalladi.

Foto: “Daryo”

“Oltin kabutar—2019” taqdimotida rejissor Dilmurod Masaidov hamda prodyuser Mahmud Erkabayev tomonidan suratga olingan “Qo‘qon shamoli” tarixiy-detektiv filmi “Eng yaxshi rejissor” hamda “Eng yaxshi badiiy film” rag‘batlantiruvchi mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi

Foto: “Daryo”

“Oltin kabutar—2019” taqdimoti asosiy nominatsiyalar, maxsus va rag‘batlantiruvchi mukofotlarga bo‘lindi.

Tanlovning maxsus mukofotiga munosib ko‘rilgan nomzodlar ro‘yxati quyidagicha.  

“O‘zbek san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”: O‘zbekiston xalq artisti, Farruh Zokirov taqdirlandi.

“O‘zbek televideniyesi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”: Taniqli kulgu ustasi, O‘zbekiston xalq artisti Ergash Karimov taqdirlandi (mukofot marhum san’atkorning turmush o‘rtog‘i Roza Karimovaga topshirildi).

“Eng yaxshi murabbiy”: “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni sohibi, iqtidorli munaqqid va tarjimon Mahmud Sa’diy munosib ko‘rildi. (mukofot marhum ijodkorning o‘g‘liga topshirildi).

“Oltin kabutar—2019”ning rag‘batlantiruvchi mukofoti g‘oliblari quyidagilar.

  • “Eng yaxshi konsert dasturi”: Ulug‘bek Rahmatullayev

Foto: “Daryo”

  • “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”: Elmurod Ahmedov, Furqat Ashuraliyev

Foto: O‘zA

  •  “Yil blogeri”: Qobil Xidirov, “Davletov.uz” telegram-kanali administrator.

Foto: “Daryo”

“Yil shifokori”: Jalilov Adham Qahramonovich.

“Yilning eng yaxshi hunarmandi”: G‘ayrat Jo‘rayev

“Yil rassomi”: Shahnoz Abdullayeva

“Yilning eng yaxshi tadbirkori”: Narziqul Holiqov

“Eng yaxshi xorijiy hamkor”: Murod-Mirzo Sharipov.

От qwert.uz