.Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov NTV kanalining “Sekret na million” (“Millionlar siri”) dasturi orqali namoyish etilgan ko‘rsatuvda o‘z farzandlari, xususan, asrab olgan o‘zbekistonlik qizchasi haqida gapirib berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Kadr: “NTV”
Deputatning ta’kidlashicha, farzandlaridan uch nafarini asrab olgan (jami olti nafar farzandi bor). Bolalardan biri – chiroyligina qizchani OAVda e’lon qilingan xabar orqali topib olgan. Uning onasi farzandini hojatxonada dunyoga keltirib, xiyobondagi o‘rindiqqa tashlab ketgan.
“O‘ylaymanki, himoyasiz qolgan bolalarni chet elga yubormasdan o‘zimiz asrab olib, katta qilishimiz kerak. Ularni amerikaliklarga sotib yuborishmoqchi bo‘lganida tortib olganman. Men asrab olgan farnzandlarimni juda yaxshi ko‘raman. Ularning barchasi mening o‘z farzandim”, — deydi Milonov.
Ko‘rsatuv davomida deputat qizi Yevdokiyaning qayerda tug‘ilganini aytishni xohlamadi. Shu vaqtda ko‘rsatuv doirasida bu qizchaning o‘tmish taqdiri haqidagi avval olingan lavha qo‘yib berildi. Unda qizcha 2014-yilning dekabrida tug‘ilganligi, onasi o‘zbekistonlik ekanligi haqida so‘z boradi.
Bu ayol Peterburgdagi restoranlardan birida qorovul bo‘lib ishlagan. Chaqaloqni dunyoga keltirgach, 8 soat ko‘chada aylanib yurgan va xiyobonlarning birida sovuqda qoldirib ketgan. Bu lavhani ko‘rgan Milonov voqea joyiga borib, murg‘ak qizchani asrab olishini aytgan. Shundan buyon bu qizcha deputatning oilasida yashamoqda.